date

Chelsi Pedru Netuni yozda sotib yuborishi mumkin

Chelsi Pedru Netuni yozda sotib yuborishi mumkin

Chelsining qanot hujumchisi Pedru Netu joriy yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TopSkills Sports UK xabariga ko'ra, "ko'klar" portugaliyalik futbolchini sotishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Netu bosh murabbiy Liam Rosenyor rejalari qatoridan joy olmagan. Mutaxassis kelasi mavsum o'ng qanotda Estevao hamda yozda "Sporting"dan Chelsiga keladigan Zheovani Kandaga ustunlik berishni maqsad qilgan.

Manbaga ko'ra, Pedru Netu transferiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

Netu 2024 yilda "Vulverhempton"dan Chelsiga 60 million yevro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 37 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi Pedru Netuni yozda sotib yuborishi mumkin