Barselona Kristensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

"Barselona" sport direktori Deko himoyachi Andreas Kristensenga yangi shartnoma taklif qilish niyati borligini tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dekoning aytishicha, klub futbolchini noqulay vaziyatda qoldirishni istamaydi, chunki u jarohati sabab mavsum oxirigacha maydonga qaytishi qiyin. Shu bois kataloniyaliklar futbolchi uchun adolatli va maqbul variant tayyorlab, uni ko'rib chiqish imkonini bermoqchi. "Shundan keyin u qarorini o'zi qabul qiladi. U "Barselona"da qolishi shart emas, ammo biz hech bo'lmaganda ko'rib chiqadigan taklifni berib, so'ng u o'zi uchun nima yaxshi ekanini tanlashiga sharoit yaratamiz", dedi Deko matbuot anjumanida.
Kristensen 2022 yilda "Chelsi"dan erkin agent sifatida "Barselona"ga kelib qo'shilgan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda daniyalik futbolchi 17 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Hozirda u bog'lam uzilishi bilan bog'liq jarohatdan tiklanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!