Andreas Kristensen Barselona safida oʻz mavqeini tiklashga shay

Andreas Kristensen Barselona safida oʻz mavqeini tiklashga shay

Ispaniyaning Barselona klubi Buyuk Britaniyadagi mavsumoldi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini yuqori surʼatda davom ettirmoqda. Bosh murabbiy Xansi Flik tarkibga asosiy jamoaning tajribali oʻyinchilari bilan bir qatorda La Masiyaning 17 nafar iqtidorli yosh bitiruvchilarini ham jalb qildi. Sport nashri xabar qilishicha, shunday sinovli pallada daniyalik himoyachi Andreas Kristensen mashgʻulotlardagi ishtiyoqi va harakatlari bilan jamoaning eng diqqatga sazovor futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Oʻtgan 18 oy davomida jarohatlar ogʻirligi va asosiy tarkibdagi oʻrnining qisqarib borishi bilan bogʻliq qiyinchiliklarni boshdan kechirgan futbolchi yaqinda klub bilan 2028-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Ushbu kelishuv 28 yoshli markaziy himoyachi uchun faoliyatida butunlay yangi sahifa ochish hamda oʻzining eng yaxshi sport formasini qayta tiklash uchun katta imkoniyat sifatida baholanmoqda.

Yangi shartnoma va yuksalish sari intilish

Andreas Kristensenning asosiy maqsadi shunchaki safga qaytish emas, balki Yevropaning eng nufuzli sovrinlari uchun kechadigan kurashlarda Barselona sharafini munosib himoya qilishdir. Futbolchining oʻzi bu bosqichni soʻnggi imkoniyat emas, balki klub tomonidan koʻrsatilgan yuksak ishonchni oqlab, faoliyatini qaytadan boshlash uchun qulay fursat deb bilmoqda.

Sport nashriga bergan intervyusida daniyalik futbolchi jismoniy holatini tiklash va barqaror oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uning ustuvor vazifasi ekanini alohida taʼkidladi. «Oʻzimni yaxshi hisv qilyapman. Mashgʻulotlar tobora yuqori intensivlikda oʻtmoqda, tana buni sezmoqda, biroq biz aynan shuning uchun shu yerdamiz», — dedi himoyachi.

Xansi Flik bilan umumiy maqsadlar

Mavsumdagi oʻz roli haqida toʻxtalarkan, Kristensen bosh murabbiy Xansi Flik bilan talablar borasida toʻliq tushunishga erishganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, murabbiylar shtabi va futbolchilarning asosiy eʼtibori jismoniy konditsiyani bir maromda ushlab turish hamda jarohatlarsiz mavsumni oʻtkazishga qaratilgan.

Klubda oʻziga bildirilgan ishonchni oqlashga hozirlanayotgan Andreas Kristensen uchun ushbu mavsum kataloniyaliklar safida oʻzining chinakam yetakchi qirralarini namoyon etish uchun muhim sinov boʻlishi aniq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar