date

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda

"Inter" yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, Milan klubi 37 yoshli futbolchiga yangi qisqa muddatli kelishuv taklif etish variantini ko'rib chiqmoqda. Yangi bitim 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallanishi mumkin. Mxitaryanning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Mxitaryan 2022 yilda "Roma"dan erkin agent sifatida "Inter"ga o'tgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 24 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda