Dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi ma’lum bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Transfermarkt» portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi, bunda Erling Holand va Lamin Yamal 220 million yevro bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
  • Kilian Mbappe 200 million yevro bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Maykl Olise qiymati 180 million yevroga ko‘tarilib, kuchli o‘nlikka kirdi.
  • Reytingda «Real Madrid» va «Pari Sen-Jermen» klublari uchtadan futbolchi bilan eng ko‘p vakil bo‘lgan jamoalar bo‘ldi.

Futbolchilarning bozor qiymatini baholashga ixtisoslashgan «Transfermarkt» portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand va «Barselona» vingeri Lamin Yamal birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu haqda Goal xabar berdi.

Yangilangan ro‘yxatda har ikki futbolchining bozor qiymati 220 million yevro deb baholangan. «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe esa 200 million yevro bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

«Transfermarkt» reytingidagi eng qimmat 10 futbolchi:

  1. Lamin Yamal («Barselona») — 220 million yevro;

  2. Erling Holand («Manchester Siti») — 220 million yevro;

  3. Kilian Mbappe («Real Madrid») — 200 million yevro;

  4. Maykl Olise («Bavariya») — 180 million yevro;

  5. Jud Bellingem («Real Madrid») — 160 million yevro;

  6. Pedri («Barselona») — 150 million yevro;

  7. Joau Nevesh («Pari Sen-Jermen») — 140 million yevro;

  8. Xvicha Kvaratsxeliya («Pari Sen-Jermen») — 140 million yevro;

  9. Vitinya («Pari Sen-Jermen») — 140 million yevro;

  10. Vinisius Junior («Real Madrid») — 130 million yevro.

Reytingda «Real Madrid» va «Pari Sen-Jermen» klublari uchtadan futbolchi bilan qatnashgan. «Barselona»dan ikki nafar, «Manchester Siti» va «Bavariya»dan esa bittadan futbolchi kuchli o‘nlikdan joy olgan.

Ro‘yxatdagi e’tiborga molik o‘zgarishlardan biri Maykl Olisening bozor qiymati oshgani bo‘ldi. Fransiyalik futbolchining bahosi so‘nggi yangilanishda 10 million yevroga ko‘tarilib, 180 million yevroga yetdi. 2025 yil oktyabr oyida uning qiymati 130 million yevro edi.

«Real Madrid»ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorning bozor qiymati esa 10 million yevroga pasayib, 130 million yevroni tashkil etdi. Shunga qaramay, u dunyoning eng qimmat o‘n futbolchisi qatorida qoldi. Futbolchining qiymati 2024 yilda 200 million yevroga yetgan edi.

Qayd etish joizki, «Transfermarkt» keltirgan summalar futbolchilarning taxminiy bozor qiymatini anglatadi. Ular klublar o‘rtasidagi transferda to‘lanadigan aniq summa emas.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar