Angliya JCh oldidan Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati starti arafasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko‘ra, britaniyaliklarning raqibi Kosta-Rika bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham nazorat o‘yini o‘tkazishi ma’lum qilingandi. Har ikkala bellashuv AQShda, Florida shtatidagi mashg‘ulot bazasiga yaqin hududda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, aniq stadion esa hozircha tasdiqlanmagan.
Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki bor to‘qnash kelgan. 2018 yilda o‘rtoqlik o‘yinida angliyaliklar Markus Reshford va Denni Uelbekning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, 2014 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida esa 0:0 qayd etilgandi.
17 iyun kuni Tomas Tuhel boshchiligidagi Angliya Jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu guruhda, shuningdek, Gana va Panama ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!