date

Semenyo Man Siti chempionlik poygasidagi imkonini baholadi

Semenyo Man Siti chempionlik poygasidagi imkonini baholadi

"Manchester Siti" futbolchisi Antuan Semenyo jamoaning APL chempionligi uchun kurashdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni "shaharliklar" "Fulhem"ni 3:0 hisobida yirik mag'lub etib, turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan "Arsenal"dan ortda qolishni uch ochkogacha qisqartirdi.

"Rostini aytsam, bu men uchun yangilik. Chempionlik uchun kurash yoqimli, lekin bir vaqtning o'zida kuchli bosim, yuqori talablar ham bor. O'ylaymanki, bizda buni ko'tara oladigan yetarlicha kuchli jamoa bor. Oldinda yana 12 ta o'yin — shunchaki shu ruhda davom etishimiz kerak", — dedi Semenyo TNT Sports'ga bergan intervyusida.

Bugun "Arsenal" safarda "Brentford"ga qarshi bahs o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semenyo Man Siti chempionlik poygasidagi imkonini baholadi