date

Gvardiola Nunesdan tezligini ko'proq ishga solishni so'raydi

Gvardiola Nunesdan tezligini ko'proq ishga solishni so'raydi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Mateus Nunesning o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, u Nunesga doim bir narsani eslatadi: futbolchining hujumdagi tezligi juda yuqori, ammo u bu ustunlikdan ko'proq foydalanmayotganiga Gvardiola tushunmaydi.

Angliya chempionatining 26-turida "Manchester Siti" o'z maydonida "Fulhem"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, uch ochkoni ishonchli tarzda qo'lga kiritdi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Nunes barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 32 uchrashuvda maydonga tushdi, 1 gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Shaharliklar"ning navbatdagi uchrashuvi 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Angliya Kubogi 1/16 finalida ularga "Solford Siti" raqib bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Nunesdan tezligini ko'proq ishga solishni so'raydi