Martin Palermo Yevropaning eng yaxshi hujumchisini aytdi

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Martin Palermo vatandoshi, Milanning «Inter» klubi forvardi Lautaro Martinesning o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Palermoning fikricha, aynan Martines hozir Yevropadagi eng kuchli hujumchi. U doim raqib darvozasiga intiladi, muntazam gol uradi va zarba berish bilan cheklanib qolmay, zarurat bo‘lsa orqaroqqa qaytib jamoaviy kombinatsiyalarda ham faol qatnashadi. Palermo Lautaroning maydon bo‘ylab ko‘p harakatlanishi, qanotlarga pas uzatishi va tezkor yugurishlari hujum chizig‘iga katta foyda berishini ta’kidladi, deb yozadi Football-Italia.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 28 yoshli forvard 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!