Tomas Tuhel Angliya terma jamoasida 2028 yilgacha qoladi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel jamoa bilan shartnomasi uzaytirilgani yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Terma jamoa matbuot xizmati avvalroq Tuhel bilan hamkorlik 2028 yilgacha rasman davom etishini e'lon qilgandi.
Mutaxassisning aytishicha, u Angliya bilan shartnoma yangilangani uchun juda xursand va bundan faxrlanadi. Tuhel futbolchilar hamda murabbiylar shtabi bilan ishlashdan zavq olayotganini ta'kidlab, jamoani Jahon chempionligiga olib borish uchun bor kuchini ishga solishini, mamlakat ularning natijalaridan faxrlanishi uchun hammasi qilinishini bildirdi.
Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralashni muvaffaqiyatli yakunlab, K guruhida birinchi o'rinni egalladi. Qura natijalariga ko'ra, Tuhel shogirdlari L guruhida Gana, Panama va Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!