date

Milan Barselona himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirdi

Milan Barselona himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirdi

Yevropaning yetakchi klublari yozgi transfer bozori uchun rejalar tuzmoqda. The Touchline xabariga ko'ra, "Milan" "Barselona" himoyachisi Jerar Martinni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. 23 yoshli futbolchi chap qanotda ham, markaziy himoyada ham ishonchli harakat qila oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Barselona"da Martin yuqori baholanadi, biroq klubning moliyaviy holati sabab "ko'k-anorranglilar" taxminan 30 million yevro atrofidagi taklifga darhol rad javobini bermasligi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda Jerar Martin 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.

Ayni paytda "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Rossonerilar" bir o'yin kam o'tkazgan bo'lsa-da, peshqadam "Inter"dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Barselona himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirdi