Pulisich Italiyada ko'proq uyda qolishini aytdi

Amerikalik yarim himoyachi Kristian Pulisich uch yildirki Italiyada yashab, "Milan" safida to'p surmoqda. U italyan tilini o'rganishga harakat qilayotgan bo'lsa-da, kundalik hayotida ko'pincha uyda qolishni afzal ko'radi va jamoat joylarida tez-tez ko'rinmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pulisichning aytishicha, u kamdan-kam hollarda uydan chiqadi: bo'sh vaqtida yer yong'oq yog'i va murabbo qo'shib, amerikacha sendvich tayyorlashni yoqtiradi. Shuningdek, u oila a'zolari bilan ko'proq vaqt o'tkazishini ta'kidlab, buni Italiyaga moslashish va o'zini "uydagidek" his qilish jarayonining bir qismi deb atadi.
Eslatib o'tamiz, Pulisich 2023 yildan buyon "Milan" futbolchisi hisoblanadi. U Milanga Londonning "Chelsi" klubidan ko'chib o'tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!