Pulisich maydonda raqib kimligini o'ylamasligini aytdi

"Milan" yarim himoyachisi Kristian Pulisich AQSHda o'tadigan jahon chempionatida o'z terma jamoasining yetakchilaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Amerikalik futbolchi musobaqada "Milan"dagi hozirgi jamoadoshlaridan biriga qarshi to'qnash kelib qolishi ham mumkin. Jurnalistlar Pulisichdan bunday vaziyatga qanday qarashini so'rashdi.
"Jamoadoshlarga qarshi o'ynashning o'zi qiziq tuyuladi. Ammo maydonda hammasi boshqacha: u yerda kurash ketadi va qarshingda kim turgani ahamiyatli emas", — deya Pulisichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Kristian Pulisich 2023 yildan beri Italiya klubida to'p surmoqda — u "Chelsi"dan "Milan"ga ko'chib o'tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing