date

"An-Nasr" Ronalduni sotishga tayyor: birinchi xaridor ma’lum bo‘lishi mumkin

"An-Nasr" Ronalduni sotishga tayyor: birinchi xaridor ma’lum bo‘lishi mumkin

Saudiya Arabistonining mashhur klubi — "An-Nasr" rahbariyati mamlakat Professional ligasining eng taniqli yulduzlaridan biri — Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, klub mutasaddilari jahon futbol tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri hisoblangan Ronalduni Angliya klublariga taklif qilib, uning transfer narxini 40 million funt sterling atrofida belgilagan.

TopSkills nashri xabar berishicha, Premier League jamoalaridan uchtasi bu taklifga zudlik bilan rad javobini bergan.

Shunga qaramay, "An-Nasr" rahbariyati portugaliyalik yulduz uchun yangi jamoa topish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ayni paytda Ronalduni transfer qilish g‘oyasiga Lissabonning "Sporting" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu aynan shu jamoada professional faoliyatini boshlagan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2022 yil 30 dekabr kuni erkin agent sifatida “An-Nasr” bilan rasman shartnoma imzolagan. 2025 yil iyun oyida esa uning shartnomasi 2027 yilning yarmigacha uzaytirilgan edi.

Ochiq manbalarda keltirilishicha, portugaliyalik superyulduz ayni paytda sport tarixidagi eng yuqori maosh egalari qatorida turadi. Uning umumiy daromadi tijorat bonuslari bilan birga shartnoma muddati davomida 400 million AQSH dollaridan oshib ketishi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "An-Nasr" Ronalduni sotishga tayyor: birinchi xaridor ma’lum bo‘lishi mumkin