Bavariya futbolchisi yangi shartnoma uchun maosh oshishini talab qilmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi va Konrad Laymer yangi shartnoma borasida hanuz umumiy kelishuvga kela olmadi. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, klub rahbariyati muddatidan oldin yangi kelishuv tuzishni xohlayapti. Biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, Laymer tomoni bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh so‘ramoqda, klub esa bundan pastroq shartlarni taklif qilmoqda. Ayni paytda 28 yoshli futbolchining yillik daromadi taxminan 8–9 mln yevroni tashkil etadi.
Laymer Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi roli va statusini inobatga olib, maoshi oshirilishiga loyiq ekanini ta’kidlamoqda. 2023 yildan beri «Bavariya» safida o‘ynayotgan yarim himoyachi keyinchalik o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!