Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgan golidan hayratda qoldi

"Pari NN" yarim himoyachisi Nikita Ermakov "Benfika" darvozaboni Anatoliy Trubinning "Real" darvozasiga kiritgan goli haqida fikr bildirdi va bu vaziyatni juda noodatiy deb atadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasining 8-turida Trubin qo‘shimcha daqiqalarda gol urib, aynan shu natija portugaliyaliklarga pley-off bosqichiga yo‘l ochib berdi.
Ermakovning aytishicha, bu epizod xuddi kinodagidek ko‘ringan: u bunday holatni hali hech qachon ko‘rmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlarini “RB Sport” keltiradi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, "Real" va "Benfika" Chempionlar ligasi pley-offining saralash (stykovoy) raundida yana o‘zaro to‘qnash keladi. Birinchi uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob o‘yini esa 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!