
"Napoli" klubi ishqibozlari "Real" futbolchilarining o‘yin oldidan uxlab olishlargi yo‘l qo‘yishmadi.
100tacha muxlis "Qirollik klub" yashayotgan mehmonxona yoniga kelib, o‘tirib olishdi va tonggacha shovqin qilib, raqib futbolchilariga uyqu berishmadi.
Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, neapollik fanatlar qo‘llariga har xil idish-tovoq, kastryulkalarni ushlab olishdi va bir-biriga urib tuni bo‘yi jaranglatib chiqishdi.
Shu munosabat bilan madridliklar ertalabki mashg‘ulotni bekor qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" - "Real" uchrashuvi bugun 00.45da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar