Milan Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatida yana uzoqroq qolishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, mavsum yakunida «Milan» rahbariyati futbolchiga shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Amaldagi kelishuv 2026 yil yozigacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish opsiyasi ham mavjud.
Qayd etilishicha, Modrichning o'zi ham jamoaga moslashganidan mamnun, biroq kelajagi borasida hali yakuniy qaror chiqarmagan.
Modrich joriy mavsum A Seriyada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U «Milan» safida 2025 yil yozidan buyon to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing