APl da yana bir murabbiy istefoga yaqin turibdi

“Brayton” bosh murabbiyi Fabian Hyurtseler yaqin haftalarda jamoa natijalari ijobiy tomonga o‘zgarmasa, lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Telegraph jurnalisti Mett Lou yozishicha, APLda ketma-ket besh uchrashuvda g‘alaba qozonilmagani fonida germaniyalik mutaxassisning kelajagi jiddiy savol ostida. Oldindagi o‘yinlar Hyurtselerning “chaykalar”dagi keyingi taqdirini hal qilib berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu hafta APLning ikki klubi murabbiy bilan xayrlashdi: Tomas Frank (“Tottenhem”) va Shon Daych (“Nottingem Forest”).
Hyuertseler o‘tgan mavsumdan beri “Brayton”ni boshqarib keladi va o‘sha mavsumda jamoa 8-o‘rinni egallagan. Joriy mavsumda esa klub turnir jadvalida hozircha 14-pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!