Safonov PSJ safida ilk bor uch gol o‘tkazib yubordi

Rossiya terma jamoasi va «PSJ» darvozaboni Matvey Safonov «Renn»ga qarshi uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qola olmadi. Fransiya chempionatining 22-turida parijliklar 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
34-daqiqada Mussa Tamari Vilian Pacho soyasida qolgan vaziyatda ustun yonidan aniq zarba yo‘lladi. 69-daqiqada esa Safonov Esteban Aepolining bosh bilan yo‘llagan zarbasiga ulgurmay qoldi. 81-daqiqada Matvey Safonov va uning jamoadoshi Ilya Zabarnyy to‘pni qaytarib qololmadi, yakunda u Brel Embologa qulay tushib, golga aylandi.
Bu o‘yin Safonov uchun «PSJ»dagi noxush statistikaga aylandi: u parijliklar tarkibida avval hech qachon bir uchrashuvda shuncha — uch gol o‘tkazib yubormagandi. Shu paytgacha uning darvozasiga maksimum ikki bor to‘p kiritilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!