APL yarim himoyachisi Hutchinson uchun Chelsi va Arsenal kurashga kirdi

APL yarim himoyachisi Hutchinson uchun Chelsi va Arsenal kurashga kirdi

«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Omari Hutchinson Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uch klub — «Chelsi», «Arsenal» va «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 63–68 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda Hutchinson 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. Yarim himoyachining «o‘rmonchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar