Tomori Milan g'alaba qilishi shart edi deb hisoblaydi

Italiya chempionatining 25-turi ilk uchrashuvida “Milan” “Piza”ni katta qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Hal qiluvchi gol uchrashuvning so'nggi daqiqalarida kiritildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik himoyachi Fikayo Tomorining fikricha, jamoa o'zi uchun muammo yaratib qo'ydi: birinchi bo'limning o'zidayoq vaziyatlardan unumli foydalanib, ko'proq gol urib qo'yish kerak edi.
“G'alabadan xursandmiz, lekin o'yinni ancha oldin yopib qo'ysa bo'lardi. Bugun yutishimiz shart edi — va yutdik. Chorshanba kuni “Komo”ga qarshi yana bir og'ir bahs kutmoqda, u yerda bundan ham qiyin bo'ladi”, — deya Tomorining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Hozirda “Milan” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing