Atletiko Dumfris transferi uchun Liverpulga raqobat qiladi

“Inter”ning qanot himoyachisi Denzel Dumfris joriy mavsum yakunidan so‘ng klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, kelasi yozdan futbolchining shartnomasida 25 million yevrolik tovon puli bandi kuchga kiradi. Biroq bu banddan faqat Italiya chempionatida ishtirok etmaydigan klublar foydalanishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Madridning “Atletiko”si Dumfris uchun kurashda “Liverpul”ga jiddiy raqib bo‘lishga tayyor. Angliya grandi niderlandiyalik futbolchini qishki transfer oynasida ham tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan.
Joriy mavsumda 29 yoshli Dumfris barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing