Golovin besh yildan so'ng Liga 1da ikki assist qayd etdi

Juma oqshomida «Monako» o'z maydonida «Nant»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda Aleksandr Golovin qizil kartochka olib maydonni tark etdi, biroq undan avval jamoasiga ikki golga uzatma bilan katta foyda keltirishga ulgurdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qiziq tomoni shundaki, Golovin Liga 1 doirasida bir o'yinda ikki assistni oxirgi bor besh yil avval — 2021 yil 28 fevral kuni amalga oshirgan. O'shanda «Monako» uyda «Brest»dan 2:0 hisobida ustun kelgan, rossiyalik yarim himoyachi esa har ikkala golga bevosita hissa qo'shgan edi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Golovin 2018 yil yozidan buyon «Monako» safida to'p suradi.
Endi «Monako» Yevropa Chempionlar ligasidagi navbatdagi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'radi — raqib «PSJ». Jamoalar seshanba, 17 fevral kuni to'qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!