Krauch Tottenxemga kimni bosh murabbiy qilgan bo'lardi

"Tottenxem"ning sobiq hujumchisi Piter Krauch klubning bosh murabbiy masalasiga munosabat bildirdi. Londonliklar shanba kuni jamoa boshqaruvini Igor Tudor zimmasiga topshirdi, biroq bu tayinlov faqat joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Krauchning aytishicha, u yozda klubga Maurisio Pochettinoni qaytargan bo'lardi. Uning fikricha, argentinalik mutaxassis jamoaga ijobiy kayfiyatni qaytaradi va "shporlar" uchun yaxshi yechim bo'ladi. Shu bilan birga, u Andoni Iraola va Marku Silva nomzodlari ham e'tiborga loyiq ekanini ta'kidladi.
Hozirda "Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 22-fevral kuni o'z maydonida "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing