Ronaldu boykotdan keyin Al-Nasr asosiy tarkibiga qaytdi

Krishtianu Ronaldu yana “Al-Nasr” safida. Jorje Jezush boshchiligidagi jamoa shanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida safarda “Al-Fateh”ga qarshi o‘ynaydi va portugaliyalik hujumchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Al-Nasr”ning mazkur o‘yin uchun start tarkibi quyidagicha: Bento, al-Ganam, Simakan, Martines, al-Amri, al-Haybari, Brozovich, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ronaldu Pro-ligadagi “Al-Nasr”ning avvalgi ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. OAVda esa uning klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani fonida o‘yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Al-Fateh” — “Al-Nasr” bahsi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Uchrashuvni matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!