date

Arbeloa Mbappeni zaxirada qoldirishga qaror qildi

Arbeloa Mbappeni zaxirada qoldirishga qaror qildi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Ligadagi «Real Sosedad»ga qarshi bugungi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, uchrashuv oldidan Mbappe yengil jarohat olgan. Bosh murabbiy Alvaro Arbeloa esa fransuz futbolchisini Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan asrashni ma’qul ko‘rdi. Jurnalist Karlos Rodriges xabar berishicha, bugungi o‘yinda Mbappe hatto zaxiradan ham maydonga tushmasligi mumkin — murabbiy faqat juda zarurat tug‘ilgandagina uni o‘yinga qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv «qirollik klubi» uchun omadli boshlandi: 5-daqiqada Mbappening o‘rnini bosgan Gonsalo Garsiya hisobni ochdi. O‘yin tafsilotlari LiveResult saytida matnli onlayn translyatsiya orqali yoritilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mbappeni zaxirada qoldirishga qaror qildi