Kyellini Inter Italiyadagi eng kuchli jamoa dedi

"Yuventus" direktori Jorjo Kyellini A Seriyasining 25-turi doirasida "Inter"ga qarshi o'yin oldidan matbuot bilan suhbatlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv Milan shahridagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi va start 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) beriladi.
Kyellinining ta'kidlashicha, turinliklar chempionatdagi eng qudratli raqibga qarshi maydonga tushadi, biroq jamoa so'nggi oylarda ko'rsatib kelayotgan yuqori saviyasini saqlab qolishni maqsad qilgan. Uning aytishicha, bugun xatolarning bahosi yanada qimmatroq bo'ladi.
Hozir "Neradzurrilar" turnir jadvalida 55 ochko bilan peshqadam. "Yuventus" esa 46 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing