date

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral oyi boshida 41 yoshni qarshi olgan Ronaldu hali ham yuqori sport formasida ekani ta’kidlandi.

Martines BBC bilan suhbatda Ronaldu jismoniy ko‘rsatkichlari hali uzoq vaqt o‘ynashga yetishini, biroq yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liqligini aytdi. Murabbiyga ko‘ra, Ronaldu o‘ta o‘ziga talabchan: u jamoaga foydasi kamayganini sezsa, shunda faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qarorga keladi.

Klub miqyosida esa Ronaldu “An-Nasr” safida to‘p surmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz shanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda jamoa tarkibiga qaytishi kutilmoqda. U klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sababli bir necha o‘yinda maydonga tushmagan.

“Al-Fateh” — “An-Nasr” bahsini LiveResult’da matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi