Zelinskiy Yuventus ustidan g'alabani katta qadam deb baholadi

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Pyotr Zelinskiy «Yuventus»ga qarshi uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. A Seriyaning 25-tur bahsi «neradzurrilar»ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, o'yin taqdirini hal qilgan gol esa uchrashuv so'ngida polshalik futbolchi hisobiga yozildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Gol albatta muhim, ammo bugun butun jamoa yaxshi o'ynadi va bu natijaga loyiq edi. G'alabadan zavqlanyapmiz — katta ish bajarildi», — deya Zelinskiyning so'zlarini Sky Sport Italia keltirdi.
Shuningdek, u jamoa o'yin davomida ayrim vaziyatlarda e'tiborni yo'qotganini ham ta'kidladi: «Raqibning javob goliga o'xshash holatlarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Pioning ajoyib golidan keyin oldinga chiqdik, keyin esa konsentratsiya yetishmadi. Eng muhimi — biz yutdik», — dedi Zelinskiy.
Ma'lumot uchun, «Inter» turnir jadvalida 61 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!