date

Kompani Keyn uchun titul rekorddan ustunroq deydi

Kompani Keyn uchun titul rekorddan ustunroq deydi

Garri Keyn "Verder" darvozasiga ikki bor gol urib, Bundesliganing joriy mavsumida 26 ta golga yetdi. Angliyalik hujumchi bir mavsumdagi gollar bo'yicha Robert Levandovski o'rnatgan rekordni (41 gol) yangilash imkoniyatini saqlab turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Keyn uchun eng muhim narsa shaxsiy statistika emas, jamoaning natijasi ekanini ta'kidladi. Mutaxassis jurnalistlarga: "Menimcha, Keyn uchun Bundesliga chempionligi rekordan ancha muhim", dedi.

Shundan so'ng Kompani kulib: "Lekin, ehtimol, adashyotgandirman: men himoyachi bo'lganman, u esa hujumchi. Keyn doim gol urgani kabi, bundan keyin ham urishda davom etadi", deya qo'shib qo'ydi.

Hozirda "Bavariya" Bundesliga jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi "Borussiya"dan farq olti ochkoni tashkil etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Keyn uchun titul rekorddan ustunroq deydi