Pochettino Messi Neym ar va Mbappe bilan ishlash oson emas dedi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijda yulduz futbolchilar bilan ishlash tajribasi haqida fikr bildirdi. Uning davrida jamoa hujumida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe triosi maydonga tushgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pochettinoning aytishicha, bunday darajadagi futbolchilar bilan ishlash har doim ham oddiy emas: ular ba'zan o'zi o'ynayotgan klubdan ham kattaroq figura bo'lib ko'rinadi. Murabbiy Messidan doimiy pressing kutib bo'lmasligini ta'kidladi: u buni hech qachon odat qilmagan, hatto Pep Gvardiola qo'l ostidagi eng yaxshi yillarida ham. Shuning uchun natija bo'lmasa, ko'pincha mas'uliyat murabbiy zimmasiga tushib qoladi.
Hozirda Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Shuningdek, argentinalik mutaxassis yozda yana “Tottenxem”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!