date

Evra MYu davridagi tartiblarni eslab, avlodlarni solishtirdi

Evra MYu davridagi tartiblarni eslab, avlodlarni solishtirdi

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Patrik Evra futbolchilarning turli avlodlari tarbiyasi va klub ichidagi talablar qanday o'zgargani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning so'zlariga ko'ra, avvallari yosh futbolchilar katta yulduzlarning butsalarini tozalagan va buni o'ziga xos mukofot, faxr deb qabul qilgan. Evra: “O'shanda ‘Xudo, men Ronaldu, Kin yoki Giggsning butsasini tozalayapman!’ deb quvonardik. Hozirgi yoshlarni bunaqa ishga qo'ysangiz, buni qullik deb atashadi. Bu ularning aybi emas — shunchaki biz ularga hamma narsani berib qo'yyapmiz. Tarbiya ham, ota-onalar ham boshqacha”, dedi.

Shuningdek, Evra o'z davrida qattiqqo'llik orqali o'rganish odatiy bo'lganini ta'kidladi. Uningcha, agar Ser Aleks Fergyuson hozir kimnidir odatdagidek keskin “tarash” qilsa, ertasi kuni o'sha futbolchi mashg'ulotga kelish-kelmasligi ham noma'lum. “Ularni ayblay olamanmi? Yo'q. Chunki bu boshqa avlod”, — deya Evra The Telegraph nashriga iqtibos keltirildi.

Ayni paytda “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evra MYu davridagi tartiblarni eslab, avlodlarni solishtirdi