Italiya hakamlar rahbari Inter – Yuventusdagi xatoni tan oldi

A Seriyadagi «Inter» – «Yuventus» uchrashuvi (3:2) ko‘proq hisob bilan emas, balki bahsli hakamlik qarori bilan yodda qoldi. Birinchi bo‘lim oxirlarida bosh hakam Federiko La Penna «Yuventus» himoyachisi Per Kalulyuga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq epizodda «Inter» futbolchisi Alessandro Bastoni jarima ishlatish uchun vaziyatni bo‘rttirgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eng asosiy muammo shundaki, VAR bu holatga aralasha olmadi: amaldagi protokol sariq kartochka bilan bog‘liq epizodlarda videoassistentning qarorni o‘zgartirishiga ruxsat bermaydi.
Vaziyat yuzasidan Italiya hakamlar korpusi rahbari Janluka Rokki ham munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, La Pennaning qarori aniq xato bo‘lgan va VARdan foydalana olmagani yanada afsusli.
Ayni paytda «Inter» A Seriyada peshqadam bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!