date

Milan Ruben Loftus-Chik bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Milan Ruben Loftus-Chik bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Milan» markaziy yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik bilan amaldagi kelishuv muddatini uzaytirish borasida muzokaralarni boshlab yubordi. Tuttosport nashri shu haqida xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, so'nggi paytlarda angliyalik futbolchi asosiy tarkibdagi yetakchi o'yinchilardan biri sifatidagi mavqeini ancha mustahkamlab oldi. «Rossoneri» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri esa shogirdining o'yinidan to'liq mamnun.

Joriy mavsumda Loftus-Chik «Milan» safida barcha musobaqalarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. 30 yoshli хавбекning italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Ruben Loftus-Chik bilan shartnomani uzaytirmoqchi