Grigoryan Napoli va Roma durangini adolatli deb baholadi

Murabbiy Aleksandr Grigoryan A Seriyaning 25-turida bo'lib o'tgan «Napoli» — «Roma» uchrashuvidagi durang natija o'yin kechgan manzaraga mos kelishini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Neapolliklar ikki bor hisobda ortda qolganiga qaramay, mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
«Har ikkala jamoa ham bir ochkoni haqqoniy oldi. “Roma” barcha turdagi yakkama-yakka kurashlarda juda kuchli ko'rindi. Shu bilan birga, neapolliklar tarkibida fenomenal futbolchilar bor», — deya Grigoryanning so'zlarini «Match TV» keltirdi.
«Napoli» safida Leonardo Spinatssola va Alisson Santos gol urdi. Mehmonlar esa Doniell Malenning dubliga tayandi.
Turnir jadvalida «Napoli» 50 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi. «Roma» 3 ochko ortda qolgan holda 4-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!