Fransiyada PSJ maglubiyatida Safonovni ayblashmayapti

L’Equipe jurnalisti Emeri Perso PSJ o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borar ekan, darvozabon Matvey Safonovning “Renn”ga qarshi uchrashuvdagi harakatlariga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 22-turida parijliklar safarda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Men PSJning so‘nggi mag‘lubiyatida Safonovni aybdor deb hisoblamayman. Birinchi gol bo‘yicha unga umuman e’tiroz yo‘q. Keyingi ikki vaziyatda u darvozadan chiqib o‘ynamadi, ammo buni faqat uning xatosi deb aytib bo‘lmaydi”, — dedi Perso Sport24’ga.
Mutaxassis fikricha, hozir Safonovni almashtirish noto‘g‘ri: rossiyalik posbon PSJning asosiy darvozaboni bo‘lib qolmoqda va Chempionlar ligasida “Monako”ga qarshi o‘yinda ham maydonga tushishi kerak.
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi saralash raundidagi “Monako” — PSJ ilk uchrashuvi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!