Kapello Bastonining harakatini jirkanch deb baholadi

Kapello Bastonining harakatini jirkanch deb baholadi

Mashhur italiyalik mutaxassis Fabio KapelloYuventus” himoyachisi Per Kalulyuning “Inter”ga qarshi uchrashuvda (2:3) qizil kartochka olgan epizodiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kapelloning ta’kidlashicha, Alessandro Bastoni Italiya terma jamoasi futbolchisi bo‘la turib, maydonda bunday yo‘l tutmasligi kerak. Murabbiy Bastonining hakamni simulyatsiya bilan chalg‘itgani “jirkanch manzara” bo‘lganini aytdi. Shuningdek, u “Inter” bosh murabbiyi Kivuning o‘yinchisini oqlagandek ko‘ringan gaplaridan ham ranjiganini qo‘shimcha qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “neradzurri” A Seriyada peshqadamlikni yanada mustahkamladi, “keksalar” esa turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar