Chelsi Yuventus futbolchisi uchun Garnachoni taklif qilmoqda

Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” bilan futbolchi almashinuvi variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Aaron Ramiro xabariga ko‘ra, “ko‘klar” Turin jamoasiga 21 yoshli qanot vingeri Alehandro Garnachoni 57,5 mln yevro qo‘shimcha to‘lov bilan taklif qilmoqchi. Evaziga ingliz grandi yaqinda “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirgan 20 yoshli hujumchi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. So‘nggi haftalarda ikki klub o‘rtasida muzokaralar faol kechayotgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Garnacho barcha musobaqalarni inobatga olganda 29 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol va 3 assist qayd etdi. Yildiz esa 33 uchrashuvda 9 gol urib, 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing