Kovach Chempionlar ligasi oldidan Borussiya yo'qotishlarini aytdi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida «Atalanta»ga qarshi 1/16 finalning ilk uchrashuvi arafasida tarkibdagi yo'qotishlar haqida ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, uchrashuvda asosiy tarkibdan darhol to'rt nafar futbolchi maydonga tusha olmaydi. Ularning barchasi himoya chizig'i vakillari.
«Hozir bizda to'rtta markaziy himoyachi jarohat olgan. Niko Shlotterbekni tavakkalga qo'ymoqchi emasmiz, shu bois uni hatto hisobga ham olmayapmiz», — dedi Kovach UEFA matbuot xizmatiga.
Kovach ehtimoliy taktik o'zgarishlardan biri sifatida Yulian Ryuyersonni markaziy himoyaga o'tkazish variantini ham tilga oldi: u bu pozitsiyada o'ynash tajribasiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!