Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo'yicha kuchli uchlikda

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq amalga oshirdi. Angliyalik futbolchi Bundesliga doirasida “Verder”ga qarshi o‘yinda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘sha uchrashuvda 32 yoshli forvard yana bir muhim marrani qayd etdi: Keyn umumiy hisobda karyerasidagi 500-golini urishga erishdi.
FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 ta gol urgan bor-yo‘g‘i uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. U futbolchilik faoliyatining katta qismini londonliklar safida o‘tkazgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing