Benatiya Marselda qoladi, Beye bosh murabbiylikka yaqin

«Marsel» egasi Frenk Makkort bosh murabbiy isteʼfosidan keyin jamoa qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda GFFN xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Roberto De Zerbi bilan birga sport direktori Mehdi Benatiya ham klubni tark etish niyati borligini bildirgandi. Manbaga ko‘ra, u prezident Pablo Longoriya bilan yangi murabbiy masalasida kelisholmagan. Benatiya «Renn»dan bo‘shatilgan Habib Beye nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
Benatiya ketishi haqida gaplar tarqalgach, Beye varianti ham kun tartibidan tushgandek ko‘ringan. Biroq Makkort sport direktorini klubda olib qoldi: Benatiyaga ko‘proq vakolat berildi, prezidentning vakolatlari esa qisqartirildi.
Endilikda Habib Beye «Marsel» bilan muzokara o‘tkazishi kutilmoqda va u yaqin orada jamoani boshqarib qolishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!