Arteta Arsenal Manchester Sitidan uzoqlashmoqchi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Hozirda «kanonirlar» turnir jadvalida peshqadam, ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» esa ulardan to‘rt ochkoga ortda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arteta jamoa turli musobaqalar o‘rtasida kayfiyatni tezda o‘zgartira olayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, «Arsenal» raqiblaridan uzilib ketishni xohlaydi va yaqin haftalardagi g‘alabalar jamoaning maqsadlari sari borishida pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi.
«Arsenal» chorshanba kuni safarda «Vulverhempton»ga qarshi o‘ynaydi. Bu uchrashuv aslida mart oyidagi taqvimga kiritilgan edi, biroq bir oydan keyin jamoani Liga kubogi finali kutayotgani uchun o‘yin muddatidan oldinga ko‘chirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing