Bulykin Benfika va Real uchrashuvi uchun taxmin bildirdi

Rossiyalik sobiq hujumchi Dmitriy Bulykin Chempionlar ligasida «Benfika» va Madridning «Real»i o‘rtasidagi ilk pley-off bahsi haqida fikrlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bulykinning ta’kidlashicha, mahorat borasida «Real» ustun, shu sabab jamoa jismoniy tayyorgarlik va maydondagi fidoyilikni yuqori darajada ushlasa, g‘alaba qozonishi kerak. U avvalgi bosqichning so‘nggi turida «Benfika» juda katta ehtiyoj sabab imkoniyatidan ham yuqoriroq o‘ynaganini, hattoki darvozabon ham hujumga qo‘shilib, bosh bilan gol urganini eslatib o‘tdi.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi 18 fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan bo‘lib o‘tadi. «Benfika»ni taniqli portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo boshqarmoqda, u avvalroq «Real»da ham ishlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!