
Yaponiya. Fozil Musaev "Omiya”ga qarshi (2:1) o‘yinda “Jubilo Ivata” bilan ilk g‘alabasiga erishdi. Musaev 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.

Janubiy Koreya. “Ansan Griners” 1:3 hisobida “Busan”ga yutqazdi, Bahodir Nasimov maydonda 82 daqiqa harakat qildi.

BAA chempionati. Aziz Haydarov to‘p surayotgan “Ash-Shabab” o‘z maydonida “An-Nasr” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur o‘yinda “Ash-Shabab” 0:4 hisobida yengildi. Haydarov 90 daqiqa o‘ynadi va sariq kartochka ishlab oldi.

Qatar chempionati. «Al-Sayliya» a’zosi Temurxo‘ja Abduholiqov "Lokomotiv"ning bugungi mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi.

Qatarning "Al Jayish" klubi rasmiy tvitteri Sardor Rashidov terma jamoa ixtiyoriga etib borgani haqida yozdi. Demak, uch kundan so‘ng boshlanadigan yig‘inda ishtirok etish uchun Rashidov mamlakatimizga etib kelgan.

Manba: www.interfutbol.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar