date

Syomin PSJ darvozabonlari Safonov va Shevaleni teng ko'rdi

Syomin PSJ darvozabonlari Safonov va Shevaleni teng ko'rdi

"Lokomotiv"ning sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin PSJ darvozasini qo'riqlayotgan Lyuk Shevale va Matvey Safonov darajasini solishtirib, ularni bir xil kuchli posbonlar deb baholadi. Mutaxassis bu fikrini "Yevro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Syominning ta'kidlashicha, Safonov PSJda o'zini ko'rsatishga intilayotgani tabiiy, biroq Shevale ham maydonga tushgan o'yinlarida aybdor emas. U, shuningdek, Shevale tomonidan qo'pol darvozabonlik xatolari ko'zga tashlanmaganini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, rossiyalik 26 yoshli Matvey Safonov 2024 yil yozida "Krasnodar"dan PSJga ko'chib o'tgandi. Ushbu transfer Parij klubiga 20 million yevroga tushgan.

Safonov FIFA Qit'alararo kubogi finalidan keyin PSJning asosiy darvozaboniga aylandi. Hal qiluvchi bahsda parijliklar "Flamengo"ni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi, Safonov esa seriyadagi to'rtta zarbani ham qaytarib, final qahramoniga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Syomin PSJ darvozabonlari Safonov va Shevaleni teng ko'rdi