Mali murabbiyi Rossiyaga qarshi o‘yin haqidagi gaplarga javob berdi

OAVda Rossiya terma jamoasi bahorda Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq hozircha Rossiya futbol ittifoqi bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu fonда Mali terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Sanktfit ehtimoliy bahs yuzasidan fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u hozircha Rossiyaga qarshi o‘yin bo‘yicha rasmiy tasdiq olmagan: ma’lumotlar bor, ammo aniq ishonch yo‘q.
Avvalroq Rossiya va Mali 27 mart kuni Krasnodarda maydonga tushishi mumkinligi qayd etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi qariyb to‘rt yildan beri UEFA va FIFA sanksiyalari ostida, shu sababli hozir faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing