Ronalduga Yevropaning top klublaridan qiziqish kuchaymoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning bir qator top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida jamoaga taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!