date

Barselona Levandovski o‘rniga Markus Tyuramni ko‘zlamoqda

Barselona Levandovski o‘rniga Markus Tyuramni ko‘zlamoqda

“Inter” hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisini “Barselona” safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar Tyuramni Robert Levandovskiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. “Inter” esa futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni kamida 80 million yevrodan boshlanadigan summa atrofida olib borishga tayyor.

Tyuram 2023 yilda Menxengladbaxning “Borussiya”sidan “Inter”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi Milan klubi safida barcha musobaqalarda 29 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Levandovski o‘rniga Markus Tyuramni ko‘zlamoqda