date

Orlando Milan bu mavsumda natijani qiynalib olmoqda

Orlando Milan bu mavsumda natijani qiynalib olmoqda

«Milan»ning sobiq futbolchisi Massimo Orlando jamoa joriy mavsumda gʻalaba va ochkolarni juda katta mehnat evaziga qoʻlga kiritayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, «Piza»ga qarshi soʻnggi uchrashuv ham «rossoneri»ning har bir natija uchun qoʻshimcha kuch sarflayotganini yana bir bor ko‘rsatdi: gʻalaba goli faqat 85-daqiqada urildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Orlandoning aytishicha, «Milan» raqib darvozasiga birinchi aniq zarbani ham birinchi bo‘lim oxirlarida yo‘llagan. «Umuman olganda, jamoa ijobiy natijaga erishishda doim muammoga duch keladi», — deya uning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Orlando o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida «Milan» safida to‘p surgan. Hozirda klub Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Orlando Milan bu mavsumda natijani qiynalib olmoqda